Jahon | 11:40 / 04.01.2016
4112
1 daqiqa o‘qiladi

Urugvayda bortida 300 tonna yonilg‘i bo‘lgan Xitoy baliqchi kemasi yonib ketdi

Bortida 300 tonna yonilg‘i bo‘lgan baliq ovlovchi kema Urugvay poytaxtidagi portda yonib ketdi. Bu haqda 3 yanvar kuni o‘t o‘chirish xizmati vakiliga asoslanib TASS xabar qildi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, suzishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Xitoy kemasining mashina bo‘limida yong‘in yuzaga kelib, butun kema bo‘ylab tarqab ketgan.

40 nafar ekipaj a'zolarining barchasi evakuatsiya qilingan, kema xavfsiz joyga tortib ketilgan. O‘t o‘chiruvchilar kemadan turli xildagi gaz joylashtirilgan 62ta ballonni olib chiqib, portlash xavfini bartaraf qilishga muvaffaq bo‘lishgan.
Ayni paytda, qolgan yonilg‘ining portlash ehtimoli saqlanib qolayotgani to‘g‘risida xabar qilinmagan.