Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yagona portalda doimiy propiska uchun onlayn-ariza berish imkoni paydo bo‘lgani haqidagi xabar o‘zgartirib qo‘yildi
Toshkent shahrida doimiy propiskaga o‘tish uchun onlayn ariza taqdim etish imkoni paydo bo‘lgani haqidagi xabar noaniq bo‘lib chiqdi.
Endilikda yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston fuqarolarini ro‘yxatga qo‘yish va ro‘yxatdan chiqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar namunalarini olish imkoni paydo bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Hujjatlar namunasini olish uchun pasport nusxasini skanerlab, portalga yuklash kerakligi aytilgan.
5 yanvar kuni avvalida dastlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining my.gov.uz orqali doimiy propiskaga o‘tish uchun onlayn ariza taqdim etish xizmatini ishga tushirgani haqidagi xabar paydo bo‘lgandi.
Bu xabar sarlavhasi "O‘zbekiston respublikasi fuqarosini doimiy propiska qilish" deya nomlangandi.
Lekin oradan bir necha soat o‘tib, ushbu axborot o‘zgartirilgan va "O‘zbekiston respublikasi fuqarolarini ro‘yxatga qo‘yish va ro‘yxatdan chiqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar namunalarini olish" sarlavhali boshqa xabar paydo bo‘lgan.
