Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adidas direktori: "MYu" bilan biznesimiz yaxshi ketmoqda
Adidas kompaniyasi bosh direktori Xerbert Xayner Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi bilan olib borilayotgan hamkorlik to‘g‘risida fikr bildirib o‘tdi.
"MYu" bilan biznesimiz ko‘ngildagidek ketmoqda. Biz kutganimizdan ham ko‘ra ko‘proq libos sotdik. Hamkorlikning bu tomonidan biz xotirjammiz...
"MYu" jamoasining o‘yini avvalgi kabi kuchli bo‘lmasa ham, biz hech narsadan xavotirlanayotganimiz yo‘q", deydi Xayner.
Germaniyaning sport kiyimlari va ekipirovkalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Adidas kompaniyasi joriy mavsum avvalida "MYu" bilan keyingi 10 yil uchun 750 mln yevrolik hajmda homiylik shartnomasi imzolagandi.