Jahon | 18:38 / 05.01.2016
5286
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik senator: Saudiya Eron bilan ixtilofdan so‘ng yadroviy qurol sotib olishi mumkin

Saudiya Arabistoni Eron bilan munosabatlarning keskin yomonlashuvidan so‘ng Pokiston hukumatidan yadroviy qurol sotib olishi mumkin. Bu haqda amerikalik senator Ron Jonson (Viskonsin shtati) CNN telekanali efiri chog‘ida aytib o‘tdi.

Jurnalistning bu boradagi savoliga javob berarkan, senator bunday ehtimolni inobatga olish lozimligini ta'kidlab o‘tdi.
“Saudiya Arabistonining Pokiston bilan aloqalari juda yaxshi, u shunchaki bunday qurolni xarid qilishi mumkin, - dedi u. – Bu Yaqin Sharqdagi vaziyat yanada beqarorlashuviga olib keladi”.

Senator Saudiya va Eron o‘rtasida keng miqyosli harbiy ixtilofning kelib chiqishi mumkinligini chuqur xavotirda ekanligini alohida qayd qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish