Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat departamenti vakili Yangi yil bayrami kunida mototsikli bilan falokatga uchragani haqida ma'lum qildi
AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbi 2016 yil hisobidan o‘tkazgan ilk brifingi chog‘ida biroz oldinroq sodir bo‘lgan voqea haqida aytib o‘tgan. RIA Novosti nashrida yozilishicha, u Yangi yil bayrami kunida mototsiklda harakatlanayotgan vaqtida avariyaga uchragan.
"Menimcha, endi yaxshisi velosiped haydayman. Motosikl men uchun xavflilik qildi", degan u savollarga javob berish vaqtida.
Jurnalistlardan biri unga mototsiklda emas, velosipedda ketayotganida yiqilganini eslatgan.
"Menimcha bu voqea mototsikl bilan yuz bergan edi", degan unga javoban Jon Kirbi. U bu voqea qayerda va qay holatda yuz berganiga aniqlik kiritmagan.
Qayd etish kerakki, AQSh Davlat departamenti vakili ilk marta bunday holatga tushayotgani yo‘q. 2015 yilning iyulida Jyen Psaki brifingga tibbiy oyoq kiyimida kelgandi, bu vaqtda u oyog‘ini jarohatlab olgandi. Shu yilning iyunida esa 71 yoshli Kerri velosipedda "Tur de Frans" musobaqasidagi ishtiroki vaqtida yiqilib, oyog‘ini jarohatlagandi. O‘shanda unda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan va uning jarohatidan tiklanishi uchun bir necha oy ketgandi.