Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arab davlatlari ligasi Saudiya Arabistoni so‘roviga ko‘ra 10 yanvar kuni shoshilinch majlis o‘tkazadi
Arab davlatlari ligasi 10 yanvar kuni Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasida yuzaga kelgan inqirozli holat bo‘yicha shoshilinch majlis yig‘adi. Bu haqda mintaqaviy hamjamiyatning bosh kotibi o‘rinbosari Ahmad ibn Helli xabar bergan.
"Liga a'zolari bo‘lgan mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirlari 10 yanvar kuni Misr poytaxti Qohira shahrida Ar-Riyodning so‘roviga binoan Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga hamda Mashhaddagi konsulligi binosiga hujumlar uyushtirilishi, shuningdek, Eron tomonidan arab mamlakatlarining ichki ishlariga aralasha boshlagani bo‘yicha muhokamalar o‘tkazish uchun yig‘ilishadi", deydi u.
Bundan oldinroq, Liganing bosh kotibi Nabil al-Arabiy Saudiya Arabistonining Erondagi diplomatik missiyalari hujumga uchrashini qoralab chiqqan, buni "xalqaro huquq normalarining qo‘pol ravishda buzilishi" sifatida baholagandi.
"Eron hukumati 1961 yilda imzolangan diplomatik va konsullik munosabatlariga bag‘ishlangan Vena konvensiyasiga amal qilishi va konvensiya tamoyillarini hurmat qilgan holda Arab davlatlarining ichki ishlariga aralashmasligi kerak edi", deydi u.
Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 47 kishi, shu jumladan, taniqli shia targ‘ibotchisi Nimr an-Nimrning qatl etilganini e'lon qildi.
Shu kuni Tehrondagi ommaviy tartibsizliklar natijasida Saudiya Arabistoni elchixonasi vayron qilindi.
3 yanvar, yakshanba kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzganligini bildirdi.
Shundan so‘ng, Bahrayn va Sudan Eron elchilari va diplomatlarini o‘z hududidan chiqarib yuborishga kirishdi, BAA esa Erondan o‘z elchisini chaqirib oldi.