Jahon | 18:52 / 05.01.2016
2941
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada xoverbord uyning yonib ketishiga sababchi bo‘ldi

Avstraliyaning Melburn shahrida xoverbord uskunasi shaxsiy uy ichida yong‘in kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi. Australian Broadcasting Corporation (ABC) kompaniyasining ma'lum qilishicha, mini-segvey quvvatlantirish chog‘ida olov olgan.

Buning oqibatida uyning bir qismiga jiddiy zarar yetkazilgan. Uyda istiqomat qilib kelgan oila vaqtida chiqib ketishga ulgurgan.

Rojdestvo bayramida ota-ona 4 qizidan 3 nafariga xoverbord sovg‘a qilgan. Yong‘in paytida qizlarning ikkitasi uy ichida bo‘lgan. Qizlarning yoshi 8-14 orasida.

O‘t o‘chirish xizmati vakilining so‘zlariga qaraganda, uskunaning litiy-ionli batareyasi 24 soat quvvatlantirishga mo‘ljallanmagan, shu bois aynan ular uchqunni keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish