Jahon | 20:11 / 05.01.2016
5665
2 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg: Saudiya hukumati 47 kishini qatl qilish yo‘li bilan mamlakatda hokimiyatini mustahkamlamoqchi bo‘ldi

Xalqaro hamjamiyatning keskin e'tirozlariga sabab bo‘lgan qatllarni Saudiya hukumati mamlakat bo‘ylab o‘z hokimiyatini kuchaytirish maqsadida amalga oshirgan, deb hisoblaydi Bloomberg agentligi.

“O‘nlab odamlarning halok bo‘lishiga olib kelgan bir qator ichki hujumlardan so‘ng, neft narxining tushib ketishi oqibatida kelib chiqqan iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli, Yamandagi uzoq davom etgan urush sababidan dunyodagi eng yirik neft eksportyorining hukmdorlari jamoatchilikka o‘zining terrorchilikka nisbatan qat'iy pozitsiyasini va o‘zgacha fikrni qabul qilmasligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lgan ko‘rinadi”, - deyiladi materialda.

Pembrok kolleji xodimi Tobi Mettisenning so‘zlariga qaraganda, qatl asosan ichki auditoriyaga mo‘ljallangan akt bo‘lgan edi. Uning ta'kidlashicha, qatllar saudiyaliklar orasida mashhur tomosha bo‘lib, ayni paytda odamlarni birlashtirish vazifasini ham bajaradi.

Bunday ish qirol Salmon ibn Abdulaziz as-Saudning mavqeini oshirish uchun amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi AQShning Riyoddagi sobiq elchisi Robert Jordan.

“Qirol Abdulla ibn Abdulaziz as-Saud tepki bosishga jur'at etmasdi, endi qirol Salmon o‘zining kuchli yetakchiligini ko‘rsatmoqchi”, - dedi u.