Jamiyat | 08:40 / 05.01.2016
3240
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya parlamenti uch ming nafar yolg‘iz qochqin-bolalarni qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi

Britaniya parlamentining Xalqaro taraqqiyot qo‘mitasi ayni paytda Yevropada ota-ona qaramog‘isiz qolib, odam savdosi qurbonlariga aylanish ehtimoli yuqori bo‘lgan uch ming nafar qochqin-bolalarni qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi, deya xabar bermoqda Reuters.

Xalqaro taraqqiyot vazirligi faoliyatini nazorat qiluvchi qo‘mita a'zolarining qayd etishicha, minglab qochqin-bolalarni joylashtirish 20 ming nafar suriyalik qochqinni Britaniyaga qabul qilishda birlamchi ahamiyat kasb etishi kerak. “Ushbu inqiroz natijasi hisoblangan bolalar eng himoyasiz qochqinlar sanalishadi”, - dedi qo‘mita rahbari Stiven Tvigg.