Sport | 01:09 / 05.01.2016
5111
1 daqiqa o‘qiladi

Florentino Peres: Zidan "Real" bosh murabbiyi bo‘lish uchun yaxshi tayyorlandi

"Klub rahbariyati Benitesning iste'fosi bo‘yicha murakkab qarorni qabul qildi. Biz uning xizmatlarini qadrlaymiz.

Jamoa direktorlar kengashi uning o‘rniga yangi bosh murabbiy sifatida Zinedin Zidanni tayinlash bo‘yicha qaror qabul qildi. U bu ishga kirishish uchun tayyor.

Men faxr bilan aytamanki, uning uchun "imkonsiz" so‘zi yo‘q.

Zidan, bu sening stadioning. "Real" muxlislari seni qo‘llab-quvvatlashda davom etishadi. Sen endi "Real"ning yangi bosh murabbiyisan", degan Peres.

Zinedin Zidan "Real" bosh murabbiyi Rafael Benitesning o‘rnini egalladi

Zidan "Real" bosh murabbiyi sifatida ilk marta murojaat qildi