Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya TIV: Saudiya va Eron ixtilofi Suriya inqirozini bartaraf etishga to‘sqinlik qiladi
Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasida kelib chiqqan navbatdagi ixtilof bu safar jiddiy tus oldi va u Suriya inqirozini bartaraf qilish ishiga jiddiy to‘sqinlik qiladi.
Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer Bild nashriga bergan intervyusida.
"Gap Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi munosabatlarning navbatdagi bor keskinlashuvi haqida ketmoqda, bu bizning Suriyadagi mehntlarimizni yo‘qqa chiqarishi mumkin ", — ta'kidladi Shtaynmayyer.
"Ixtilof yaqin orada tugashidan, aql g‘olib bo‘lishidan umid qilaman, Riyod va Tehron darhaqiqat muhim bo‘lgan narsa, ya'ni harbiy ixtiloflarni bartaraf etish, Suriya, Yaman va boshqa nuqtalardagi vaziyatni yumshatib, IShIDga qarshi kurashishga e'tiibor qaritishlariga ishonaman ", — qo‘shimcha qildi vazir.