Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Golovkin WBN versiyasi bo‘yicha ketma-ket uchinchi marta "Yil bokschisi" bo‘ldi
O‘rta vazn toifasida WBA (Super) va IBF yo‘nalishi chempioni qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin ketma-ket uchinchi marta WorldBoxingNews.net sayti tomonidan "Yil bokschisi sifatida taqdirlandi. Bu haqda Vesti.kz nashri xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, u saytda o‘tkazilgan so‘rovnomada 94 foiz ovoz olgan. Bu so‘rovnomada 9900 internet foydalanuvchisi ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, nomintsiya bo‘yicha ikkinchi o‘rin britaniyalik Tayson Fyuriga tegishli bo‘lgan.
Golovkin o‘tgan yilda 3 marta ringga ko‘tarildi va barcha janglarini muddatidan olding g‘alaba bilan yakunladi. U dastlab, britaniyalik Martin Myurreyni, keyin amerikalik Villi Monro-kichkinani va uchinchi jangda kanadalik David Lemeni nokautga uchratgan.
Xabarda aytilishicha, Golovkinning jamoasi WBO kamari sohibi, britaniyalik Billi Jo Sondersga 2016 yilning aprelida jang o‘tkazish bo‘yicha 4 mln dollarni o‘z ichiga oluvchi taklif bildirilgan. Britaniya vakili esa GGG bilan (Golovkinning laqabi) 6 mln dollar evaziga jang qilishga rozi bo‘lishini bildirgan.