Jamiyat | 13:37 / 05.01.2016
6663
2 daqiqa o‘qiladi

Google Translate Rossiyani Mordor deb atadi

Google Translate servisi ukrain tilidan rus tiliga ayrim so‘zlarni g‘alati tarzda o‘gira boshladi, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi.

Jumladan, ukrainchada "Rosіyska Federatsіya" deb yozilganida, ruschaga bu "Mordor" deb “tarjima” qilinadi. Ma'lumot uchun, Mordor Jon Tolkiyen olamidagi (“Uzuklar hukmdori”) yovuzlik makonidir. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning sharifi yozilganida ruschaga “grustnaya loshadka” (“ma'yus toycha”) deb “o‘giriladi”. Bundan tashqari, "rosіyani" (rossiyaliklar) so‘zi "okkupanty" (bosqinchilar) deb berilayotgan edi, ammo hozir bu holat bartaraf qilingan.

Bu turdagi nuqsonlar servisning ukraincha va ruscha xizmatlarida tez-tez uchrab turadi.

2015 yil yozida “Revolyutsіya gіdnostі” (Qadr-qimmat inqilobi) ruschaga "Politicheskiy krizis na Ukraine" (Ukrainadagi siyosiy inqiroz) deb tarjima qilingan. Undan ilgari rus tilidan xitoy tiliga o‘girish chog‘ida servis Yanukovichni Yushchenko bilan adashtirib yuborayotgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish