Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:21 / 05.01.2016
3283
1 daqiqa o‘qiladi
Jazoirda neftni qayta ishlovchi zavoddagi portlash tufayli kamida 10 kishi halok bo‘ldi
5 yanvar kuni Jazoir sharqidagi Skikda shahrida joylashgan Sonatrach kompaniyasiga tegishli neftni qayta ishlovchi zavodda portlash yuz bergan. Bu haqda "An-Naxar" telekanaliga asoslangan holda Parisien nashri xabar tarqatgan.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, bu terakt bo‘lishi ham, texnik sabab tufayli yuzaga kelgan portlash bo‘lishi ham mumkin. Portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 10 nafarligi aytilgan.
Hukumat tomonidan bu hodisaga munosabat bildirilmagan.