Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kechki dayjest: Yaqin Sharq o‘chog‘i, Trampdan uzun tili, Zidanning birinchi kuni, Toshkentda yangi mahallalar va kunning boshqa xabarlari
Kun.uz sayti kunning muhim xabarlarini saralab o‘quvchilar hukmiga havola etishda davom etadi.
Yangi yilning ilk kunlarida Yaqin Sharqda yangi mojaro o‘chog‘i paydo bo‘ldi. Saudiya Arabistonida shialar xatibi Nimr an-Nimrning qatl etilishi ortidan Eronda va Bahrayndagi shialar norozilik namoyishlari o‘tkazishni boshlashdi. Bu voqealar fonida Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik munosabatlarini uzdi. Shundan so‘ng har kim bu jarayonda kim tomonda turishini ma'lum qila boshladi.
Xususan, bugun Saudiya Arabistoni tarafdorlari bo‘lgan BAA, Bahrayn va Sudan safiga Kuvayt va Malayziya qo‘shildi.
Bugun shuningdek, o‘zining ortodoksal chiqishlari bilan odamlarning "og‘zini ochishga o‘ch" bo‘lgan maqtanchoq milliarder Donald Tramp tilidan navbatdagi chiqishlarni kuzatdik.
Kechadan boshlab "Real"ning yangi bosh murabbiyiga aylangan Zidan atrofidagi xabarlar bugun ham kun bo‘yi davom etdi.
Toshkentda 30ta yangi mahalla tashkil etildi. Masalan, “Aviasozlar” mahallasidan “Fazogir”, “Qo‘rg‘ontepa” mahallasidan esa “Tepaqo‘rg‘on” degan yangi mahallalar ajralib chiqdi.
Shuningdek, 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab “Gazprom” O‘zbekistondan gaz xarid qilish hajmini oshirgani haqidagi ma'lumot xolding boshqaruv kengashi rahbari Aleksey Miller tomonidan tasdiqlandi.
Saudiya Arabistoni va Bahrayn

Suriya muxolifati barcha arab davlatlarini Eron bilan munosabatlarni uzishga chaqirdi
Saudiya Arabistoni Eron bilan aloqalar tiklanishi shartini aytdi
Kuvayt Saudiya Arabistoni elchixonasiga uyushtirilgan hujum tufayli Erondagi elchisini chaqirib oldi
Malayziya Erondan xorijlik diplomatlarning xavfsizligini ta'minlashni talab qildi
Turkiya Saudiya Arabistoni va Eron munosabatlarini tiklash jarayonida ishtirok etishga tayyor
Amerikalik senator: Saudiya Eron bilan ixtilofdan so‘ng yadroviy qurol sotib olishi mumkin
Tramp va uning dushmanlari
Tramp saylovoldi reklamasida IShID terroristlaridan neftni tortib olishga va'da berdi
Tramp Klinton xonimni o‘z tan soqchilarini qurolsizlantirishga chaqirdi
Tramp Hillari Klintonni “al-Qoida” matbuot kotibi deb atadi
Tramp: AQSh Yaqin Sharqda faollashmaganida, dunyo tinchroq bo‘lar edi
Zidanning "Real" bosh murabbiyi sifatidagi ilk kuni

Zinedin Zidan "Real" bosh murabbiyi Rafael Benitesning o‘rnini egalladi
Zidan "Real" bosh murabbiyi sifatida ilk marta murojaat qildi
Florentino Peres: Zidan "Real" bosh murabbiyi bo‘lish uchun yaxshi tayyorlandi
Marca: Zidanning "Real" bilan shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan
Devid Bekhem: Zidan "Real"ni boshqarish uchun eng munosib nomzod
Zidan 6 mingga yaqin muxlis qarshisida "Real" bosh murabbiyi sifatidagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi
Zidan "Real" bosh murabbiyi sifatida dastlabki matbuot anjumanida ishtirok etdi
Toshkent mahallalari

Toshkent shahrida yana 30ta yangi mahalla tashkil etildi
“Gazprom” va O‘zbekiston

“Gazprom” rahbari Aleksey Miller O‘zbekistondan gaz xarid qilish hajmi ko‘paytirilishini tasdiqladi
“Gazprom” O‘zbekistondan gaz xarid qilishni ko‘paytirdi
Ashxobod “Gazprom” turkman gazini sotib olishni to‘xtatganini ma'lum qildi
Shuningdek, kunning boshqa muhim xabarlari:
Saudiya Arabistoni 47 qatl adolatli sud asosida amalga oshirilganini bayon qildi
BMT: ba'zi bir suriyaliklarda zarin ta'sirining izlari topildi
Shveytsariya TIV Saudiyaning ishonchli vakiliga 47 qatl masalasida norozilik bildirdi
Makkeyn Obamani Xitoyga nisbatan harakatsizlikda aybladi
Mendeleyev jadvaliga to‘rtta yangi unsur kiritildi
O‘zbektelekom statsionar aloqa abonentlari uchun yangi tariflar joriy etdi
Temir Sariyev: GESdagi avariya elektr ta'minotida uzilish keltirib chiqarmaydi
Isroil matbuoti: Saudiya o‘z taqdiridan xavotirda
Hasan Ruhoniy: Ar-Riyod munosabatlarni uzish orqali o‘z jinoyatini yashira olmaydi
Jahongiriy: Afg‘onistonning barqarorligi Eronning xavfsizligi kafolatidir
Putin 2017 yilning Rossiya uchun Ekologiya yili bo‘lishini ma'lum qildi