Jahon | 11:07 / 05.01.2016
5193
2 daqiqa o‘qiladi

Makkeyn Obamani Xitoyga nisbatan harakatsizlikda aybladi

AQSh Senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi respublikachi Jon Makkeyn Qo‘shma Shtatlar prezidenti Barak Obama ma'muriyatini Xitoyning Janubiy-Xitoy dengizidagi hududiy da'volariga nisbatan yuritayotgan siyosatini tanqid ostiga oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Makkeyn bayonotiga ko‘ra, Xitoy AQShning ko‘r-ko‘rona beparvoligi ostida mintaqada “hududiy norozilik siyosati”ni olib bormoqda. Misol sifatida u xitoy samolyotining Spratli arxipelagidagi sun'iy orolga qo‘ndirilishini keltirib o‘tdi.

Makkeynning fikricha, Obama ma'muriyati yo milliy xavfsizlik masalalalarida murakkab qarorlarni qabul qilish holatida emas yoki Osiyo-Tinch okeani mintaqasida tartibni saqlashning ta'minlangan huquqlarini qo‘llashga tayyor emas.

2 yanvar kuni Vetnam Tashqi ishlar vazirligi XXR elchisiga xitoy samolyotining Janubiy-Xitoy dengizida Pekin tomonidan qurilgan sun'iy oroldagi aerodromga qo‘ndirilishi bo‘yicha norozilik notasini topshirgan edi.

Vetnam Xitoyni uning suverinetini buzishda ayblagan. AQSh Davlat departamenti esa 4 yanvar kuni mazkur hodisani mintaqada keskinlikni oshirish va barqarorlikka tahdid sifatida baholadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish