Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marca: Zidanning "Real" bilan shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan
4 yanvar kuni "Real"ning yangi bosh murabbiyi sifatida tayinlangan Zinedin Zidanning jamoa bilan shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar emas, 2,5 yil muddatga tuzilgan. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, Zidanning shartnomasi 2018 yilning oxirigacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha "Real" jamoasi direktorlar kengashi favqulodda majlis o‘tkazgan va qoniqarsiz natijalar qayd etgan 55 yoshli mutaxassis Rafael Benitesni ishdan bo‘shatish haqida qaror qabul qilgandi. U 2015 yilning iyunida Karlo Anchelotti o‘rniga olib kelingandi.
Benites boshqaruvida "Real" Ispaniya chempionatining 18 turidan keyin 37 ochko to‘pladi va uchinchi o‘rinda joylashdi. Jamoa oxirgi turda "Valensiya" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab qo‘ydi.
Zinedin Zidan "Real" bosh murabbiyi Rafael Benitesning o‘rnini egalladi
Zidan "Real" bosh murabbiyi sifatida ilk marta murojaat qildi
Florentino Peres: Zidan "Real" bosh murabbiyi bo‘lish uchun yaxshi tayyorlandi