Jahon | 08:28 / 05.01.2016
3698
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Obamaning qurol-yarog‘ aylanmasini cheklash bo‘yicha tashabbusiga izoh berdi

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati qurol-yarog‘ aylanmasini cheklash bo‘yicha yangi tashabbus haqida ma'lumot berdi. Prezident mazkur tashabbusni kongress yig‘ilishi vaqtida e'lon qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar tarqatdi Reuters agentligi.

Qayd etilishicha, asosiy tashabbusga binoan qayerdan sotib olinishidan qat'i nazar, har qanday turdagi qurolni xarid qilishda mijozning biografiyasini tekshiruvdan o‘tkazish talab etiladi. Ayni paytda esa amerikaliklar internet va ko‘rgazmalarda hech qanday tekshiruvlarsiz qurol sotib olishlari mumkin.

AQSh bosh prokurori Loretta Linchning ta'kidlashicha, Federal tergov byurosi 230 nafar yangi ekspert va xodimni yollash yo‘li bilan tekshiruvlar tizimini 50 foizga oshirishni maqsad qilgan. Shuningdek, Obama kongressdan psixiatriya yordamini barcha uchun maqbullashtirish uchun 500 million dollar sarmoya kiritishni so‘ramoqchi.
Yonida qurol olib yurish huquqi AQSh konstitutsiyasiga kiritilgan ikkinchi o‘zgartishda kafolatlangan.