Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hindistonlik o‘qituvchini “dunyoning cheti”ga sayohat uyushtirishga undadi
Rossiyaning eng sharqiy nuqtasi bo‘lmish olis Janubiy Saxalinda o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelayotgan hind Benjamin Charlz Sputnik agentligiga bergan intervyusida uni bunday chekka hududga olib kelgan sabablar orasida O‘zbekiston va o‘zbekistonliklarning Rossiyaga iliq munosabatlari borligini aytib o‘tdi. Hindistonlik pedagog Toshkentda bir muddat yashaganini esga oldi.
Benjamin Charlz Hindistonda joylashgan chekka bir qishloqda dunyoga kelgan. Yevrosiyoning ko‘plab hududlarida bo‘lishga ulgurgan sayyoh nihoyat Saxalin oroli markazida to‘xtashga qaror qildi. Uning ishontirishicha, ona qishlog‘i ham, Saxalin markazi singari, dengizdan 40 km narida joylashgan.
“Faqat bizda tuproq qizil, sizlarda esa deyarli qora”, - qo‘shimcha qiladi Ben.
“Bolaligimning ko‘p qismi Quvaytda o‘tdi, u yerda men maktabni tamomladim, - so‘zida davom etdi o‘qituvchi va sayyoh. – Shundan so‘ng Hindistonga qaytib, universitetga o‘qishga kirdim. Universitetni tamomlagach, ish yuzasidan sayohat qildim. Men bo‘lgan davlat ichida Rossiyaga eng yaqini O‘zbekistondir. Men Toshkentda yashardim. Aynan shu joy meni sizlarning mamlakatingizga kelishga undadi. Chunki o‘zbeklarning ko‘pchiligi Rossiya haqida iliq fikrlar bildiradi. Bu odamlarni uchratganimdan so‘ng Rossiyada ishlab ko‘rish kerak, degan fikrga keldim”.
Ben Charlz Rossiyaga 2013 yilda ko‘chib o‘tgan. Shundan buyon u Saxalin orolida yashab kelmoqda. U ingliz tilidan dars beradi. Shuningdek, axyonda biznes-treninglar o‘tkazib turadi.