Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peres 6 hafta oldin mashhur murabbiyni "Real"ga taklif qilgan, ammo rad etilgan
Ispaniyalik jurnalist Grem Xanter "BBC Radio 5 live" radiosi orqali qilgan chiqishida "Real" klubi Xosep Gvardiolani bosh murabbiylikka taklif qilgani haqida aytib o‘tdi.
"6 hafta avvalroq "Real" Gvardiolani bosh murabbiylikka taklif qilgan. Bu fakt. Bu holat Gvardiolaning ayni paytda har qanday klub orzu qiladigan murabbiyga aylanganini tasdiqlaydi.
Shuningdek, bu holat "Real" qanday qiyin vaziyatga tushib qolganini ham ko‘rsatib turibdi. Aks holda ular o‘zlarining azaliy raqiblarini boshqargan mutaxassisga taklif bilan chiqishmasdi", - deydi Xanter.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning iyunida jamoaga katta umidlar bilan taklif qilingan Rafael Benites joriy mavsumning birinchi yarmida jamoa bilan qoniqarsiz natijalar qayd etganligi uchun 2016 yilning 4 yanvarida iste'foga chiqarildi va uning o‘rnini jamoaning sobiq murabbiyi Zinedin Zidan egalladi.