Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramon Kalderon: Zidan yaxshi natijalarga erisha olmasa, yozda uning o‘rniga Mourino olib kelinishiga aminman
"Real" jamoasining sobiq prezidenti Ramon Kalderon jamoaga Zinedin Zidanning bosh murabbiy sifatida tayinlanishiga munosabatini bildirib o‘tdi.
"Men judayam xohlardimki, Zidan undan talab qilinadigan barcha ishni bajara olsin. Lekin bu juda qiyin ish. Albatta, unda buning uddasidan chiqish uchun yaxshi sharoitlar mavjud, ammo unga tajriba yetishmasligi mumkin. Men aniq ishonch bilan aytishim mumkinkin, u muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, yozda "Real"ga Joze Mourino qaytadi.
Peres esa bor-yo‘g‘i muhandis, proffesional emas. U barcha uchun sevimli bo‘lgan Karlo Anchelottini ishdan bo‘shatdi. Futbolchilar esa bundan norozi bo‘lishgandi.
Endi esa Benites ishdan bo‘shatib yuborildi. U bu qarorini hech kim bilan maslahatlashmasdan amalga oshirdi. Jamoada hozir shunaqa vaziyat.
Zidan "Real" bilan ko‘p zafarlarga erishgan. Futbolchilar va muxlislar uning kelishini xayrixohlik bilan kutib olishlarini bilaman.
Lekin kelajakda nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Voqealar rivojini kuzatamiz", deydi Kalderon.