Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya yetakchisi artilleriyachilarining harbiy tayyorgarligini tekshiruvdan o‘tkazdi
KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreys xalq armiyasining to‘qqizta yirik aralash qismlari artilleriyachilari o‘rtasida harbiy tayyorgarlik nazorat-tanlovini o‘tkazdi.
TASSning TsTAK axborot agentligiga asoslanib xabar qilishicha, “barcha artilleriya guruhlari nishonlarni aniq mo‘ljallab, armiyaning tashviqotchilarga ayovsiz zarbalar berishga tayyor ekanini namoyon etgan”.
Kim Chen In mashg‘ulotlar natijasidan ko‘ngli to‘lib, artilleriyachilarni yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan snayperchilar, deb atagan.
Rag‘batlantirish sifatida shaxsan o‘zi eng namunali askar va zobitlarni medallar hamda a'lochi nishonlari bilan mukofotlagan. TsTAK mashg‘ulotlar o‘tkazilgan joy va sanasini ma'lum qilmagan. Kim Chen In esa KXDR marshali unvoni ostida mamlakat qurolli kuchlariga rahbarlik qiladi.