Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya TIV Saudiyaning ishonchli vakiliga 47 qatl masalasida norozilik bildirdi
Shveytsariya TIVga Saudiya Arabistonining ishonchli vakili chaqirilib, unga 47 kishining qatl qilinishi yuzasidan rasmiy Bernning pozitsiyasi ochiqlab berildi. Bu haqda idoraning sayti orqali xabar qilindi.
Ta'kidlanishicha, TIV Shveytsariyaning har qanday sharoitlarda va hamma yerda o‘lim jazosiga qarshi bo‘lishi oshkor aytilgan.
“Bunday ommaviy qatllar konfessional keskinlikni yanada oshiradi, vaholanki bu mazkur mintaqada ilgari ham qurbonlarni keltirib chiqardi. Hozir bu keskinlikni bartaraf qilib, provokatsiyalardan qochish lozim. Shu bilan bog‘liq ravishda Shveytsariya mintaqa hukumatlarini ushbu masalada birga ishlashga chaqiradi”, - deyiladi xabarnomada.