Sport | 10:11 / 05.01.2016
7043
1 daqiqa o‘qiladi

Xavi yangi tug‘ilgan qiziga Osiyo deb ism qo‘ydi

"Barselona" klubi sobiq yarim himoyachisi, hozirda Qatarning "As-Sadd" jamoasida o‘ynayotgan Xavi Ernandes farzandli bo‘ldi.

Chaqaloq Dohada dunyoga keldi va qizaloqqa Osiyo deb ism qo‘yishdi.

Futbolchi chaqalog‘iga idishda sut berayotgan holatdagi rasmini o‘zining Tvitteriga joylashtirgan.

Bu Xavi Ernandes va Nuriya Kunillera juftligining birinchi farzandi hisoblanadi.