Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi yangi qonunga ko‘ra ikkinchi farzand ko‘rishni istaganlardan alohida ruxsatnoma talab qilinmaydi
Xitoy hukumati ikkinchi farzand ko‘rishga ruxsat beruvchi qonun doirasida oilalar alohida ruxsatnomaga ega bo‘lishi talab qilinmasligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.
Oktyabr oyida Xitoy «bir oilaga — bir farzand» siyosatini rasman bekor qilgandi.
Qonun 2016 yilning 1 yanvaridan kuchga kirdi. Bu qonunga ko‘ra, Xitoydagi barcha oilalarga ikkita farzandli bo‘lishga ruxsat etiladi.
Bu qonun imzolangan vaqtda ikkinchi farzandni dunyoga keltirishni istagan oilalar maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lishlari kerakligi aytilgandi.
Endilikda esa, xitoyliklarga "erkin rejalar tuzishga" ruxsat berilgan.
Ma'lumot uchun, Xitoy aholisining soni 1,3 milliarddan ortiq. Mamlakatda o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab «bir oilaga — bir farzand» siyosati yuritib kelingandi. Amalda mazkur qoida so‘nggi yillarda aholining uchdan biriga nisbatan qo‘llanilayotgan edi.
Mamlakatda faqat milliy ozchilik vakillariga (er-xotin o‘z ota-onalarining yagona farzandlari bo‘lsa), shuningdek, qishloq joylarda istiqomat qiladigan va birinchi farzandi qiz bo‘lgan ko‘plab oilalarga bittadan ortiq bola orttirishga ruxsat berilar edi.
Natijada Xitoydagi tug‘ilishni cheklash siyosati oqibatida so‘nggi yillarda mamlakatda mehnatga layoqatli aholi soni qisqargandi.
Xitoy oilalariga ikki farzand ko‘rishga ijozat berildi
Xitoyda 2 farzand ko‘rishga ruxsat beruvchi qonun loyihasi imzolandi