Jahon | 18:25 / 05.01.2016
3575
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoydan so‘ng Hindistonda ham uyali aloqa foydalanuvchilari soni 1 mlrd nafardan oshdi

Hindiston 2015 yilda Xitoydan keyingi mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 1 milliarddan oshgan ikkinchi mamlakatga aylandi, deya ma'lum qildi Aloqa va kommunikatsiya vaziri Ravi Shankar Prasad 5 yanvar kuni.

“Hindiston ramziy bir milliardinchi chegarani oktabr oyidayoq bosib o‘tgan edi, 2015 yil oxiriga kelib esa mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchilar soni taxminan 1,1 mlrd nafarga yetdi, - dedi u. – Natijada mamlakat mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoydan keyingi ikkinchi pozitsiyaga chiqib oldi”.

Vazirning qayd etishicha, Hindiston mobil telefoniya bozorining ildamlik bilan oldinga siljishiga 12ta asosiy operatorning o‘z xarajatlarini keskin qisqartirish va xizmat ko‘rsatish narxlarini tushirishga kirishgani sabab bo‘ldi.

Aloqa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Hindistonda har chorakda uyali aloqa foydalanuvchilari soni o‘rtacha 10-15 mln nafarga ortadi. 2015 yilning oktabr oyida esa birato‘la 7 million yangi abonent ushbu safga kelib qo‘shildi.