Jamiyat | 15:57 / 05.01.2016
6826
2 daqiqa o‘qiladi

Yashnobodlik erkak undan qochib yurgan sobiq ma'shuqasining uyiga o‘t qo‘yib yubordi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi erkak undan qochib yurgan sobiq ma'shuqasining uyiga o‘t qo‘yib yubordi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, muqaddam uch marta qamalib chiqqan, 1974 yili tug‘ilgan Botir Usmonov Valentina ismli ayol bilan topishib, u bilan birga yashay boshlagan. Ikki yil birga yashagan oshiq-ma'shuqlar axiyri janjallashib qolib, Valentina Botirni uydan chiqarib yuborgan va qo‘ng‘iroqlariga javob bermay qolgan.

Bir kuni Botir Usmonov mast holda “gaplashib olish” uchun Valentinaning uyiga kelib, darvozani taqillatavergan. U ichish uchun ketgan chog‘ida ayol uydan qochib chiqib ketishga ulgurgan. Birozdan so‘ng qaytib kelgan erkak uy tomiga chiqib, chordoqdagi eski matratsga sigareta qoldig‘ini tashlab chiqqan. Sekin-asta uyni alanga qoplagan.
Bu qilmishi uchun Botir Usmonov to‘rtinchi bor sudlandi.