Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zidan "Real" bosh murabbiyi sifatida dastlabki matbuot anjumanida ishtirok etdi
"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o‘zining dastlabki matbuot anjumanida ishtirok etdi. U Rafael Benitesning ishiga baho berdi.
«Men o‘zimning dastlabki so‘zlarimni futbolchilarga aytdim. Bu oddiy so‘zlar edi: «Men sizlar bilan bu yerda ekanimdan xursandman».
O‘z oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz. Bu yerda sifatli futbolning qadriga yetishadi. Men bunga erishishga harakat qilaman.
Jamoa uchun har bir o‘yinchi muhim ahamiyatga ega. Xames va Isko ham biz uchun muhim.
Men o‘zimni Gvardiola bilan taqqoslashni istamayman. Men bu yerda ko‘proq natijalarga erishishga harakat qilaman. Bu klub uchun g‘alabalar juda kerak. Bemalol Chempionlar ligasida g‘olib chiqishimiz mumkin. Biz pley-offga chiqqanmiz va musobaqada sovrinni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.
Murabbiyning vazifasi — sovrin qo‘lga kiritish. Bunda futbolchi sifatida mening natijalarim inobatga olinmaydi. Bu yangi bosqich va eng muhimi — g‘alabalar.
Men Mourino va Anchelotti bilan yaxshi tanishman. Birga ishlash jarayonida ularning har biridan nimadir olganman. Benites esa yaxshi ish olib bordi. Men unga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.
Beyl jamoaning eng muhim o‘yinchisi hisoblanadi. U o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish qilishda davom etish uchun uni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman», – deydi Zidan.