Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya futboli rahbari: Terma jamoa Yevro-2016 turnirida guruhdan chiqa olmasa, bizni otishadi
Angliya futbol uyushmasi rahbari Greg Daykning ishonch bildirishicha, Angliya terma jamoasi yaqin vaqtlarda Yevropa chempionatida muvaffaqiyat qozonadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muvaffaqiyatga 2016 yilning yozida Fransiya maydonlarida bo‘lib o‘tadigan turnirdayoq yuz berishi mumkin.
Daykning qo‘shimcha qilishicha, Angliya terma jamoasi Fransiyadagi turnirda guruh bosqichidan chiqa olmasa, bu haqiqiy falokatga aylanadi.
"O‘ylaymanki, Angliya guruhdan chiqa olmasa, biz otilishga mahkummiz. Shuning uchun bizning jamoa bu guruhdan albatta chiqishi shart. Agar bunday bo‘lmasa, Angliya futboli ko‘p zarar ko‘radi. Angliya terma jamoasi keyingi 50 yil davomida bironta sovrin yuta olmadi. Biz keyingi yarim asrda albatta yutuqlarni ham nishonlashimiz kerak. Umid qilamizki, g‘alabalarni ko‘p vaqt kutishga majbur bo‘lmaymiz", dedi u ESPN nashrga.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi 2016 yilgi Yevropa chempionatida Rossiya, Uels va Slovakiya terma jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan.