Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arab davlatlari ligasi Erondan arab davlatlarining ishlariga aralashishni to‘xtatishni talab qildi
Eron arab davlatlarining ichki ishlariga aralashishni bas qilishi lozim. Bu haqda Arab davlatlari ligasi bosh kotibi Nabil al-Arabiy bayonot berdi.
“Xalqaro munosabatlarda turli kelishuvlar bilan mustahkamlangan davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsipi mavjud, Eron bu prinsipni ochiq-oydin buzmoqda, u bunday harakatlarini to‘xtatmog‘i lozim”, - dedi u Liganing o‘tgan yilgi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan katta matbuot anjumani chog‘ida.
Mazkur bayonot Saudiya Arabistoni va Eron munosabatlarining yomonlashuvi, Riyod va uning ittifoqchilari Tehron bilan diplomatik aloqalarni uzgani munosabati bilan berildi.