Jahon | 19:37 / 06.01.2016
4364
1 daqiqa o‘qiladi

Bahraynda Eron bilan aloqador jangarilar guruhi qo‘lga olindi

Bahrayn hukumati mamlakat hududida teraktlar sodir etishni rejalashtirgan jangarilar guruhini qo‘lga olgan. Bu haqda Al Arabiya telekanalida aytilgan.

Xabar qilinishicha, qo‘lga olingan shaxslar Erondagi inqilobiy gvardiya va Livandagi "Hizbulloh" harakatiga aloqador shaxslar hisoblanadi.

5 yanvar kuni Bahrayn Saudiya Arabistoni ortidan Eron bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgani haqida e'lon qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 47 kishi, shu jumladan, taniqli shia targ‘ibotchisi Nimr an-Nimrning qatl etilganini e'lon qildi.

Shu kuni Tehrondagi ommaviy tartibsizliklar natijasida Saudiya Arabistoni elchixonasi vayron qilindi.

3 yanvar, yakshanba kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzganligini bildirdi.

Shundan so‘ng, Bahrayn va Sudan Eron elchilari va diplomatlarini o‘z hududidan chiqarib yuborishga kirishdi, BAA va Kuvayt esa Erondan o‘z elchisini chaqirib oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish