Jamiyat | 11:11 / 06.01.2016
5525
1 daqiqa o‘qiladi

CNN: Shri-Lankada 175 mln dollarlik yoqut topildi

Shri-Lankada 1 404.49 karatli dunyodagi eng yirik zangori yoqut topildi. Kolombolik gemmologlar uning qiymati kamida 100 mln dollarni tashkil etishini, bu ko‘rsatkich 175 mln dollargacha ko‘tarilishi mumkinligini taxmin qilmoqda, deb xabar beradi CNN telekompaniyasi.

Aytilishicha, qimmatbaho tosh o‘tgan yilning avgust oyida Ratnapur atrofidan topilgan. Qimmatbaho tosh egasi o‘z ismi-sharifini yashirmoqda. “Adam yulduzi” deb atalgan tosh uchun necha pul to‘langani ham noma'lumligicha qolmoqda.

“U bebaho muzey eksponati bo‘lib qoladi. U shu qadar kattaki, birorta zargarlik buyumiga sig‘maydi”, - dedi u telekanalga bergan intervyusida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish