Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Emomali Rahmon Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar qabrini ziyorat qilish uchun Madinaga bordi
Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrifi doirasida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 5 yanvar kuni Madina shahriga borib, Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar qabrini ziyorat qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan.
"Haj ziyoratiga borgan har bir musulmon kishi Madinada bo‘lib, Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar maqbarasini ziyorat qilishi kerak", degan u.
Emomali Rahmon va uning hamrohlari payg‘ambar qabri oldidagi masjidda ikki rakaat namoz o‘qigan. Prezident duoda mamlakati va xalqiga tinchlik-omonlik tilagan.
5 yanvar kuni prezident Tojikistonga qaytib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrifi doirasida Emomali Rahmon rafiqasi va farzandlari bilan umra amalini amalga oshirdi.