Jahon | 18:37 / 06.01.2016
6094
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an an-Nimrning qatl qilinishini Saudiyaning “ichki ishi” deb atadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Saudiya Arabistonida shia ilohiyotchisi Nimr an-Nimrning qatl qilinishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi. Mansabdorlar bilan uchrashuv chog‘ida Erdo‘g‘an qatllar Saudiya Arabistonining ichki ishi ekanligini ta'kidlab o‘tgan.

“Suriyadagi fuqarolik urushida minglab odamlar halok bo‘larkan, jim turganlar endi Saudiya Arabistonida bir kishining qatl qilinishi atrofida shovqin ko‘tarmoqda”, - uning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish