Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron raketalarning yangi yerosti bazasini namoyish qildi
Eron hukumati raketalar o‘rnatilgan navbatdagi yerosti bazasi fotosuratlarini namoyish etdi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar tarqatgan.
Bu baza Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) bazasida joylashgan.
Suratlar orqali obektga Eron parlamenti spikeri Ali Larijoniy tashrif buyurganini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, suratlarda uzoq masofaga uchishga mo‘ljallangan Emad ballistik raketalarini ko‘rish mumkin. Raketa 2015 yilning oktabrida muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazilgandi. Agentlikning ma'lum qilishicha, bu ballistik raketa nishonga borib yetgunicha operatorlar nazoratida bo‘luvchi yangi avlod raketasi hisoblanadi.
Eron ilk marta 2015 yilning oktabrida 500 m chuqurlikdagi yer osti raketa bazasini namoyish qilgandi.
Eron AQShning ehtimoliy sanksiyalariga javoban 5000 km dan uzoqroqqa uchadigan raketa yaratadi