Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari 9 yanvar kuni Eron bilan munosabatlar mavzusida majlis o‘tkazadi
9 yanvar kuni Fors ko‘rfazi bo‘yidagi Arab davlatlari hamkorligi kengashi a'zolari bo‘lgan Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA, Kuvayt, Ummon va Qatar mamlakatlarining Tashqi ishlar vazirlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkaziladi. Bu yig‘ilish Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tashkil etiladi va unda mintaqada keyingi kunlarda yuzaga kelgan vaziyat muhokama qilinadi.
"Kengashning tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi navbatdagi yig‘ilishi shanba kuni Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi va unda Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujum oqibatlari muhokama qilinadi", deyilgan Reyter xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 47 kishi, shu jumladan, taniqli shia targ‘ibotchisi Nimr an-Nimrning qatl etilganini e'lon qildi.
Shu kuni Tehrondagi ommaviy tartibsizliklar natijasida Saudiya Arabistoni elchixonasi vayron qilindi.
3 yanvar, yakshanba kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzganligini bildirdi.
Shundan so‘ng, Bahrayn va Sudan Eron elchilari va diplomatlarini o‘z hududidan chiqarib yuborishga kirishdi, BAA va Kuvayt esa Erondan o‘z elchisini chaqirib oldi.
Arab davlatlari ligasi Saudiya Arabistoni so‘roviga ko‘ra 10 yanvar kuni shoshilinch majlis o‘tkazadi