Jahon | 19:07 / 06.01.2016
4000
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya TIV KXDR elchisini yadroviy sinov o‘tkazilgani yuzasidan izoh so‘rash uchun chaqirdi

Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga Shimoliy Koreya elchisi rasmiy Pxenyanning vodorod bombasini sinovdan o‘tkazgani haqidagi axborotga izoh so‘rash maqsadida chaqirildi. Bu haqda RIA Novosti axborot agentligi xabar bergan.

Germaniya TIV vakili Martin Sheferning ma'lum qilishicha, agar bu ma'lumot elchi tomonidan tasdiqlansa, germaniyaliklar ham bu voqeaga o‘z munosabatini bildiradi.

Bugun Shimoliy Koreya hukumati mamlakat shimoli-sharqida vodorod bombasini muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazganini ma'lum qilgandi.

BMT XK favqulodda majlis o‘tkazib, KXDRda vodorod bombasi sinovdan o‘tkazilganini muhokama qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish