Jamiyat | 12:08 / 06.01.2016
3529
1 daqiqa o‘qiladi

iPhone smartfonlarini ishlab chiqarish kamaytirilishi to‘g‘risidagi xabardan so‘ng Apple aksiyalari arzonladi

Yangi iPhone smartfonlarini ishlab chiqarish hajmi kamayishi to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng Apple aksiyalari arzonlashdi, deya xabar bermoqda Rambler News Service.

Kotirovkalar 2,8 foizga kamayib, bitta aksiya bahosi 102,42 dollarga arzonladi. Yil boshidan buyon esa korporatsiya kapitalizatsiyasining 4,6 foizini yo‘qotdi. Bu qariyb 28 milliard dollar demakdir.

Yaponiyaning Nikkei nashri ma'lumotiga ko‘ra, yilning birinchi choragida Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari modellarini ishlab chiqarishni 30 foizga kamaytiradi.

Bu sotilmay qolgan ko‘p miqdordagi iPhone 6s va 6s Plus smartfonlari bilan bog‘liq.
Ishlab chiqarishning qisqarishi sotuvchilarga o‘zlaridagi mahsulotlarni sotish imkonini beradi, deb hisoblanmoqda.