Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti KXDRdagi zilzila sababli favqulodda majlis chaqirdi
Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati Toshkent vaqti bilan 08.00da Shimoliy Koreyada sodir bo‘lgan zilzila yadro sinovi o‘tkazilganiga aloqador ekani ehtimoli sabab Milliy xavfsizlik kengashining favqulodda majlisini yig‘di. Bu haqda YTN telekanali xabar berdi.
Bundan avvalroq esa Shimoliy Koreyaning Yangando provinsiyasidagi Pxungeri yadro poligonida yer osti silkinishi qayd etilgani xabar qilingan edi. Janubiy Koreya meteoxizmati xabariga ko‘ra, zilzila sun'iy xarakterga ega bo‘lib, uning magnitudasi 4,2 ballni tashkil etgan.
Ryonhap ma'lumotiga ko‘ra, Koreya Respublikasi prezidenti ma'muriyati vaziyatni, jumladan, yadro quroli sinovi o‘tkazilgani ehtimolini o‘rganmoqda.