Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Liverpul" yangi yildagi ilk transferi haqida e'lon qildi
Angliyaning "Liverpul" jamoasi Serbiyaning "Tsrvena Zvezda" jamoasining yosh yarim himoyachisi Marko Gruyich bilan shartnoma imzoladi.
Shartnomaning barcha jihatlari haqida ma'lum qilinmagan. Ammo ingliz nashrlari "mersisaydliklar" bu futbolchini 7 million yevro evaziga xarid qilishganini yozishgan.
19 yoshli bu futbolchi mavsumning ikkinchi yarmini Serbiyada ijara asosida o‘tkazishi va yozda jamoaga kelib qo‘shilishi aytilgan.
Qayd etish kerakki, futbolchining otasi o‘z o‘g‘li "Liverpul"ga o‘tishiga qattiq qarshilik qilgan. U o‘g‘lining yoshligi tufayli Angliyaga yo‘l olish orqali omadsizlikka yuz tutishidan xavotirlangan.
Ma'lumot uchun, Gruyich "Tsrvena Zvezda" jamoasi safida 21ta o‘yin o‘tkazgan va 5ta gol urgan. U 2015 yilda Serbiya yoshlar terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan.
"Liverpul" qishki transferlardagi ilk xaridi bo‘yicha kelishuvga erishdi