Jamiyat | 15:40 / 06.01.2016
6500
2 daqiqa o‘qiladi

Merkel Kyolnda ayollarga uyushtirilgan hujumga “qattiq javob” qaytarishni talab qildi

Germaniya kansleri Angela Merkel Kyolnda Yangi yil kechasida vokzal maydonida ayol kishiga uyushtirilgan hujum uchun “qattiq javob” qaytarishni talab qildi. Shu vaqtga qadar arab va shimoliy afrikaliklar qiyofasidagi erkaklar tomonidan taz'yiq uyushtirilgani to‘g‘risida 90 nafar ayol shikoyat qildi, deya xabar bermoqda Deutsche Welle.

Jabrlanganlarning tasdiqlashlaricha, erkaklar ularga hujum qilib, tahdid qilgan, talonchilik uyushtirgan, tajovuzkorona shaklda tegajog‘lik ham qilishgan.

Kyoln ober-burgomistri Xenriyettoy Reker bilan suhbat chog‘ida Merkel kelib chiqishidan qat'i nazar, jinoyatchilarni topish bo‘yicha barcha imkoniyatlardan foydalanishni talab qildi.

Kantsler “jirkanch hujumlar va jinsiy tegajog‘liklar”ga nisbatan o‘z xavotirini bildirib o‘tar ekan, huquqiy davlatning qattiq reaksiyasi”ni talab qildi.O‘z navbatida, Reker Merkelni inqiroz guruhi majlisi natijalaridan ogohlantirdi. Unda shahar hokimiyati ayollarga ommaviy hujumlardan ogohlantirish choralarini muhokama qilishgan.