Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: eronlik diplomatlar Saudiya Arabistonini tark etishdi
Eronning Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi elchixonasi va Jiddadagi bosh konsulligi xodimlari Saudiya Arabistonini tark etishdi. Bu haqda Saudiya matbuot agentligi ma'lum qildi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, “diplomatlarning barchasi Saudiya Arabistoni qirolligi Eron bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qilgandan keyin Eron aviakompaniyasining maxsus samolyotida qirollikni tark etishgan”. Agentlikning ta'kidlashicha, samolyot Ar-Riyoddan uchib ketgan.
Saudiya Arabistoni bilan Eron o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishiga Al-Saudlar tuzumini tanqid qilgan va qirollikda diniy kamchiliklarning huquqlariga rioya qilish va konstitutsiyaviy islohotlarning o‘tkazilishiga chaqirgan taniqli imom Nimr an-Nimrning qatl etilishi sabab bo‘ldi. Imom 2016 yil 2 yanvarda qatl etildi. Shu kunning o‘zida Eronda bundan darg‘azab bo‘lgan namoyishchilar Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasi va Mashhaddagi konsulligiga bostirib kirishgan. Bunga javoban Saudiya Arabistoni 3 yanvarda Tehron bilan munosabatlarni uzishga qaror qilgan.