Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlarini o‘zida his qilmoqda
“Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori Aleksandr Farmanov 2015 yilda kombinatning faoliyatiga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kuchli ta'sir qilganini ma'lum qildi, deb yozmoqda Olmaliq kon metallurgiya kombinatining rasmiy sayti.
“Bu inqirozning oqibatlarini nafaqat bizning kombinat, butun jahon metallurgiya sohasi korxonalari, balki boshqa jahon ishlab chiqaruvchilari ham his qilmoqda. Jahon bozorida umuman va jumladan bizning mahsulotga narxlarning pasayishi sababli biz o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra ko‘zlaganimizdek foyda ololmadik. Biroq biz shunga qaramay foyda ko‘rdik. Buning uchun mahsulot tannarxi masalasida ko‘p ishlashga to‘g‘ri keldi. Men kombinat buning uddasidan chiqdi, deb hisoblayman. Afsuski, inqiroz cho‘zilib ketdi va u yaqin orada tugashiga umid yo‘q. Biroq biz bunga tayyormiz va tannarxni kamaytirish, ishlab chiqarish hajmlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini yanada ko‘paytirish yo‘nalishida ishlashni davom ettirmoqdamiz”, deb aytmoqda Farmanov.
Farmanovning aytishicha, kombinatda strukturaviy o‘zgartirishlarni ta'minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo‘yicha 2015-2019 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Dasturda yangi qurilishlarni amalga oshirish, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va rekonstruksiyalash bo‘yicha investitsion loyihalarni amal oshirish ko‘zda tutilgan.
Kombinatda 2015 yilda sulfat kislota sexi ishga tushirildi, kislorod blokining texnik qayta jihozlanishi yakunlandi. Shuningdek, “Misni boyitish fabrikasining maydalash va yanchish bo‘limlari rekonstruksiyasi” loyihasini amalga oshirish yakuniga yetmoqda, bu yiliga qo‘shimcha yana 7 mln tonna misni qayta ishlashga imkon beradi.
Kombinatda, shuningdek, eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan faoliyat muhim jihatlardan bo‘ldi. Kombinat mis quvurlari bilan jahon bozoriga chiqdi, mis simi eksport qilinmoqda. 2015 yilda bu mahsulotdan 1000 tonnadan ko‘proq ishlab chiqarilib, xorijga eksport qilingan. Shuningdek, kombinatning eng yosh bo‘limlaridan biri – sement zavodi yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda. Tsement mahsulotining bir qismi ham eksportga chiqarilgan.
Farmanov kombinat bo‘limlarining faoliyatiga yakun yasab, barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, kombinat barqaror ishlagani va kelgusida barqaror ishlash uchun asos yaratganini hamda bu eng asosiysi ekanligini ta'kidlab o‘tdi.