Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: Afg‘onistonda o‘qqa tutilgan AQSh harbiylari mahalliy askarlarni tayyorlayotgan edi
Seshanba kuni Afg‘onistonda o‘qqa tutilgan AQSh harbiylari Hilmand viloyatida maxsus otryadlarni tayyorlayotgan edi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk jurnalistlar bilan uchrashuv chog‘ida ma'lum qildi.
Kuk ilgari matbuotda keltirilgan ma'lumotlarni tasdiqlab, harbiy xizmatchilardan biri halok bo‘lganini, ikki nafari esa jarohat olganini ma'lum qildi.
“Bilishimcha, afg‘onlar ichida ham yaradorlar bor”, - qo‘shimcha qildi u.
Aytilishicha, ularga yordamga ikkita harbiy-tibbiy vertolyot yuborilgan, ammo uchar apparatlardan biri o‘qqa tutilgani bois bazaga qaytishga majbur bo‘lgan.