Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda “Kazaxtelekom”, Air Astana, “Kazpochta”, Qazaq Air va boshqa bir qator milliy kompaniyalari xususiylashtiriladi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zining saytida chop qilingan “Millat rejasi – Qozog‘iston orzusi sari yo‘l” maqolasida 2016 yilning birinchi choragida xususiylashtirilmaydigan obektlar ro‘yxati qisqartirilishini ma'lum qildi.
Maqolada ta'kidlanishicha, xususiylashtirish fond bozorlari va ochiq kim oshdi savdo uylariga aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Yangi mexanizmlar asosida 2016-2020 yillarda xususiylashtirishing kompleks rejasi amalga oshirila boshlandi. Unga ko‘ra, ko‘plab yirik milliy kompaniyalar xususiylashtiriladi.
Hujjat doirasida raqobat muhitiga 65ta eng yirik davlat kompaniyalari o‘tkaziladi. Bular orasida “Samruq-Qazina” milliy farovonlik jamg‘armasi, “Boyterak” AJ, “KazAgro” AJ, “Samruk-Kazyna” MFJ” AJga tobe 173 korxona bor.
Shuningdek, 545 tashkilotdan iborat amaldagi xususiylashtirish obektlari ro‘yxati dolzarblashtiriladi.
Yuqorida kompaniyalar xususiylashtirilganidan so‘ng ular ixcham xoldinglarga aylantiriladi.
Sotuvga qo‘yiladigan davlat mulki obektlari ro‘yxati milliy iqtisodiyot vazirligi saytida joylashtirildi.
Bular orasida “SK-Farmatsiya” MChB, “Qazaqstan g‘arysh sapary” milliy kompaniyasi, “Kazaxavtodor” respublika korxonasi, “Xorgos” xalqaro chegara hamkorligi markazi, “Olmaota” sanatoriysi, Qozoqfilm, “Duman” ko‘ngilochar markazi, Ostona shahri aeroporti, Qustanay va Petropavlovsk, Oqtepa, Atirov, Pavlodar aeroportlari, Qizil O‘rdadagi “Qo‘rqit ota” aeroporti, “Qozog‘iston temir yo‘li”, “QazMunayGaz” milliy kompaniyasi, “Kazatomprom” milliy atom kompaniyasi, “Kazpochta” AJ, Air Astana va Qazaq Air aviakompaniyalari, Oqtov xalqaro dengiz savdo porti va “KazAgro” milliy xoldingi bor.