Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati - “O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi” aksiyasida yetakchi
"O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi" aksiyasida ovoz berishning viloyatlar bo‘yicha natijalari e'lon qilindi.
"Aktsiyada Samarqand viloyati reyting yuztaligida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu tabiiy hol, albatta. Zero, “sayqali ro‘yi zamin” bo‘lgan ko‘hna va navqiron shahar Movarounnahrning poytaxti bo‘lganligini Registon maydonidagi osori atiqalar ham tasdiqlab turibdi. Shuningdek, qadim Afrosiyob shahrining noyob topilmalari ham Samarqand shahrining kurai arzimizda qadimiyligining yorqin dalilidir", deyiladi ZiyoNET matbuot xizmati xabarida.
Ovoz olish hisobiga ko‘ra 2016 yilning 6 yanvaridagi madaniy meros obektlarining yuztaligiga e'tibor bersak:
Registon ansambli 2832
Ulug‘bek observatoriyasi 743
(Go‘r-Amir) Amir Temur maqbarasi 741
Yuqoridagilar yuzta madaniy-meros obektlarining yuqoridagi uchinchi o‘rnini egallashmoqda.
Imom Buxoriy majmuasi 97
Amir Temur jome' masjidi (ikkinchi nomi Bibixonim masjidi) 85
(Abdi Berun) Xo‘ja Abdi Berun ansambli 78
Shohi Zinda majmuasi 71
Samarqand shahrining yettiligida keltirib o‘tilgan madaniy meros obektlari keltirilgan.
Qolgan moddiy va nomoddiy madaniy meros obektlari esa quyidagicha ovoz olgan:
Afrosiyob tepaligi qadimiy shahri 67
Hazrat Dovud g‘ori 54
(Omon Qo‘ton) Omonqo‘ton g‘ori (Sher g‘ori) 52
Tillakori madrasasi 51
(Hazrat Doniyol) Xoja Doniyor maqbarasi 49
Temur Darvozasi 47
Sherdor madrasasi 45
Hazrati Xizr masjidi 43
Miro Ulug‘bek madrasasi 42
Samarqand qog‘ozi 42
Shayton jiga 39
“Chorchinor” “Chor Chinor” bog‘i 40
Cho‘ponota tepaligi 38
Ruhobod maqbarasi 37
Xo‘ja Ahror valiy jome' masjidi 37
Nodir (Devon begi) Devonbegi madrasasi 36
Oqsaroy maqbarasi 36
(Motrudiy) Moturudiy maqbarasi 35
(Samarqand shahar “Afrosiyob” tarixiy muzeyi) Samarqand shahar tarixi - “Afrosiyob” muzeyi 33
Maxdumi A'zam majmuasi 33
Samarqand viloyat O‘lkashunoslik muzeyi 33
(Ishratxona maqbarasi) Ashtratxona majmuasi 33
Amir Temur bog‘lari 32
Xo‘ja Ziyomurod masjidi 30
Xo‘ja (Abdu-Dorun) Abdu Darun maqbarasi 30
Sadriddin Ayniy uy-muzeyi 29
Bir oy mobaynida Samarqand viloyatidagi madaniy meros ob'yeklariga ovoz berish jarayonida bir qancha o‘zgarishlar bo‘ldi: Ulug‘bek observatoriyasi uchinchi o‘rindan ikkinchi o‘ringa chiqib, (Go‘ri Amir) Amir Temur maqbarasining o‘rnini egalladi. (Go‘ri Amir) Amir Temur maqbarasi esa uchinchi o‘ringa tushdi.
Cho‘pon ota (Cho‘pon Ota) tepaliklari ikki o‘ringa ko‘tarildi.
Ta'kidlash joizki, Samarqand viloyatidagi 33 obekt yuztalikning birinchi 35 tasida turibdi.
Siz ham moddiy va nomoddiy meros ob'yeklarimizga ovoz beruvchi aksiyada qatnashing. Zero, sizning ovozingiz reyting natijasini belgilaydi.