Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyalik shahzoda Eronga investitsiya kiritishni to‘xtatdi
Saudiya Arabistoni shahzodalaridan biri Al-Volid ibn Talal Eron bilan bog‘liq barcha loyihalar va investittsiyalarini bekor qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, u Eron elchisining uchrashish haqidagi iltimosiga rad javobini bergan. Ibn Talal 34 foiz aksiyasi o‘ziga tegishli Flynas aviatashuvchisining barcha reyslarini bekor qilgan.
Agentlik bu shahzoda Eron bilan qanday biznes aloqalarida bo‘lgani haqida aniq ma'lumot bermagan.
O‘tgan haftaning shanba kunida Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi 47 kishi, shu jumladan, shia targ‘ibotchisi Nimr an-Nimrning qatl etilgani haqida e'lon qilgan edi. Imomning qatl etilishi haqidagi xabar shia siyosiy va diniy arboblarini qattiq g‘azabga keltirdi va natijada ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Namoyishlar vaqtida Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga o‘t qo‘yildi.
Bu holat Ar-Riyod va Tehron o‘rtasida diplomatik munosabatlar batamom uzilishiga sabab bo‘ldi.
Shundan so‘ng, avval Bahrayn va Sudan Eron bilan aloqalarni to‘xtatdi. Keyinroq esa BAA va Kuvayt Tehrondagi elchilarini chaqirib oldi.