Jahon | 09:18 / 06.01.2016
7115
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya suv osti kemasida ballistik raketa sinovini o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi

Shimoliy Koreya 2015 yilning dekabrida suv osti kemasi yordamida ballistik raketalarning navbatdagi sinovlarini o‘tkazdi. Bu haqda Ryonhap agentligi Seul hukumatidagi axborot manbasiga tayanib xabar berdi.

“Biz o‘tgan oyda Shimoliy Koreyaning suv osti kemasidan ballistik raketa uchirganini qayd etdik”, - dedi axborot manbasi. Uning so‘zlariga ko‘ra, parvoz muvaffaqiyatli bosqichgacha chiqmagan.

Bundan avvalroq esa Shimoliy Koreyaning Yangando provinsiyasidagi Pxungeri yadro poligonida yer osti silkinishi qayd etilgani xabar qilingan edi. Janubiy Koreya meteoxizmati xabariga ko‘ra, zilzila sun'iy xarakterga ega bo‘lib, uning magnitudasi 4,2 ballni tashkil etgan.

Ryonhap ma'lumotiga ko‘ra, Koreya Respublikasi prezidenti ma'muriyati vaziyatni, jumladan, yadro quroli sinovi o‘tkazilgani ehtimolini o‘rganmoqda.