Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sindzo Abe: Yaponiya KXDRga vodorod bombasini sinovdan o‘tkazgani uchun qat'iy javob beradi
Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe Yaponiya Shimoliy Koreyaga yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani buzgani uchun qat'iy javob qaytarishini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.
U KXDR tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi yadro sinovini Yaponiya xavfsizligi uchun tahdid deb atadi. Bosh vazirning ta'kidlashicha, Yaponiya KXDRning yadro sinovlarini o‘tkazishiga mutlaqo chidab tura olmaydi.
Bundan avvalroq esa Yaponiya hukumati ham KXDRning yadro qurolini sinovdan o‘tkazgani munosabati bilan milliy xavfsizlik kengashi majlisini o‘tkazgani haqida xabar qilingan edi.