O‘zbekiston | 18:03 / 06.01.2016
8699
1 daqiqa o‘qiladi

Swiss Capital O‘zbekistonda yangi tekstil zavodini quradi

Shveytsariyaning Swiss Capital kompaniyasi 2018 yil so‘ngiga qadar Surxondaryo viloyatida yangi tekstil kompleksi qurilishini tugallaydi, deya xabar bermoqda Sputnik agentligi “O‘zbekengilsanoat”dagi axborot manbasiga tayangan holda.

Ayni paytda Shveytsariya va O‘zbekiston tomoni biznes-reja va loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari(TIA)ni tayyorlamoqda.“Sarmoya hajmi va korxonaning ishlab chiqarish quvvati 2016 yil birinchi choragi oxiraga qadar tayyor bo‘ladigan TIA tasdiqlanganidan so‘ng aniqlanadi. Qurilish ishlari esa yil oxiridan boshlanishi mumkin.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 80 foizdan ziyodi Rossiya va Yevroittifoq mamlakatlariga eksport qilinadi”, - deya qayd etdi axborot manbasi.Shveytsariya kompaniyasi birinchi bosqichda Surxondaryoda yigiruvni yo‘lga qo‘ysa, ikkinchi bosqichda yuqori sifatli choyshablar tayyorlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish